Ayder Kurbayev murabbiyligidagi Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi TFA U-17 jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Oʻyin oʻsmirlarimizning 4:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Terma jamoaning gollariga Emmanuel Emonkpaire (dubl), Hojiakbar Zulfiqorov (p) va Usmon Shuhratillayev mualliflik qildi.
Boshlangʻich tarkib: Aziz Berdiyev, Azizillo Erkinjonov, Hojiakbar Zulfiqorov, Abubakir Mamatov, Siddiq Tilloyev, Yahyo Nasrulloyev, Abdulaziz Shukurov, Doniyor Oʻktamov, Behruz Samatov, Roʻzimurod Roʻzimuridov, Emmanuel Emonkpaire.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ayupov, Hayitmurodov, Mahmudjonov, Abdurahimov, Panjiyev, Joʻraqulov, Uralov, Ikromov, Bahodirjonov, Hayrullayev, Akbaraliyev, Abdusamatov, A’zamov, Shuhratillayev.