O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchrashuvlariga Toshkentda tayyorgarlik ko’rmoqda. Mahalliy klublardan chaqirilgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoamiz rejaga ko’ra “Bunyodkor” akademiyasi maydonida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda.
Avval xabar berganimizdek, Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. 13-avgustga qadar davom etadigan mazkur yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib bormoqda. U19 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamizning bugungi mashg’ulotlari “To’qimachi” stadionida bo’lib o’tdi.