Iordaniyada oʻtkazilayotgan oʻquv yigʻini doirasida milliy terma jamoamiz Malayziyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli va gollarga boy oʻtgan bahsda vakillarimiz malayziyaliklar darvozasiga 5 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Oʻzbekiston 5-1 Malayziya Gollar: Dostonbek Hamdamov 17ʼ, 29ʼ, Husayn Norchayev 33ʼ, Badrol Baxtiar 45ʼ, Ibrohimhalil Yoʻldoshev 67, Azizbek Amanov 87ʼ.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar koʻrib chiqildi. Shundan keyin OʻFA ustavi asosida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti, vitse-prezidentlari va Ijroiya Qoʻmita aʼzolari saylandi: OʻFA Prezidenti lavozimiga: Abdusalom Azizov OʻFA Birinchi vitse-prezidenti lavozimiga: Ravshan Irmatov OʻFA Vitse-prezidenti lavozimiga: Azizbek Ikramov OʻFA Ijroiya Qoʻmita aʼzoligiga: Abdujabbor Abduvaxitov, Edita Mirobidova,
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litvada o‘tayotgan Jahon Chempionati guruh bosqichining so’nggi uchrashuvida Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Keskin va murosasiz bo’lib o‘tgan bahsda Bahodir Ahmedov shogirdlari g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi. Vakillarimiz guruhda 2-o‘rinni egallab, ilk bor nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu natija Vatanimiz futzali tarixida alohida sahifa sifatida joy oldi. Misr