Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Unda dastlab, bugungi kunda maktab-internatlarida olib borilayotgan ishlar, trenerlarning masofaviy oʻquv-mashgʻulot jarayonini tashkil etishi va olib borishi holati, qolaversa maktab-internatlardagi obodonlashtirish ishlari va ularning sanitarik holati yuzasidan direktorlarning hisoboti tinglandi.

Videokonferensiyada 2019/2020 oʻquv yilini yakunlash hamda yozgi attestatsiya jarayonini tashkil qilish masalasi koʻrib chiqildi. Bu borada yozgi attestatsiya jarayoniga tegishli sport federatsiyalaridan malakali mutaxassislar va ota-onalarni jalb qilgan holda shaffoflik bilan oʻtkazish, shuningdek yozgi attestatsiya yakuni boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar qatʼiy ravishda tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etilishi belgilandi.

Joriy oʻquv yilida bitiruvchilar bilan amalga oshiriladigan muhim vazifa – bitiruvchilarni oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Videokonferensiya yigʻilishida IOZMIlar rahbarlariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan oʻquvchi-sportchilarga sertifikat olishda (hujjatlarini jamlash, ishga tavsiya) amaliy yordam koʻrsatish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, videokonferensiyada 2020/2021 oʻquv yili uchun qabul jarayoniga puxta tayyorgarlik koʻrish masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Bunda qabul reja(kvota)ni shakllantirishga jumladan, moddiy texnika bazasi holati va trenerlar salohiyatidan kelib chiqib sportning jamoaviy turlariga jiddiy eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.

Qolaversa, 2022-yil Dakar (Senegal) shahrida boʻladigan IV oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi sport turlari boʻyicha hududlarda seleksiya ishlarini jadallashtirish va terma jamoalarga eng munosib sportchilarni saralab olish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Videokonferensiya yigʻilishi yakunida IOZMIlar direktorlarining takliflari ham tinglandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati