Free ebooks Library zlibrary project

Dangasalik muvaffaqiyat va omad uchun jiddiy toʼsiq paydo qilishi mumkin! Shuning uchun unga qarshi kurashish kerak! Xoʼsh, dangasalikni qanday yengsa boʼladi?

Har bir tugallangan ish uchun oʼzingizni biror narsa bilan ragʼbatlantirishni odat qiling. Shunda sizda harakatga turtki paydo boʼladi. Agar “shirin kulcha” usuli sizga umuman foyda bermasa, unda “qamchi” usulini sinab koʼring. Аgar qilinishi kerak boʼlgan ishni bajarmagan boʼlsangiz, oʼzingizni jazolang.

Oʼz navbatida, sizga birinchi usulni qoʼllashni maslahat beramiz. Chunki mukofot jazodan koʼra ancha chiroyli boʼladi. Bajarilgan ish uchun maqtov sizni keyingi yutuqlarga undaydi. Sizni maqsad sari yaqinlashtiradigan har kuni kamida bitta narsani bajarib borishni unutmang! Bir oy ichida qancha qadam bosishingizni tasavvur qiling – 30 qadam!

Oʼz-oʼzini rivojlantirish yoʼlini tanlang. Shunda oʼzi istagan narsani biladigan va aslida yoqadigan ish bilan mashgʼul boʼladigan, oʼzini oʼzi band etgan odamga aylanasiz.

Norozi va horgʼin koʼrinishingizni ortda qoldiring!

 

 

Milliy olimpiya qoʼmitasi

Olympic.uz