Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzingizni oʼzbek sportining ishqibozi va bilimdoni deb hisoblaysizmi? Unda sizga kichik test yechish vazifasini beramiz, shu orqali qanchalik bilimdon ekaningizni isbotlashni taklif qilamiz.

1/10. Qaysi yilda ikki futbol jamoasi – Toshkentning «Paxtakor» va Fargʼonaning «Neftchi» jamoalari futbol boʼyicha Oʼzbekiston chempionatida bir xil ochko toʼplashdi va yakunda ikki jamoa gʼalaba qozongan, deb eʼlon qilindi?

  1. 1992 yilda
  2. 1993 yilda
  3. 1994 yilda

2/10. «Paxtakor» futbol klubi qaysi yilda tashkil etilgan?

  1. 1956 yilda
  2. 1975 yilda
  3. 1980 yilda

3/10. Oʼzbekiston terma jamoasi 1994 yilgi Osiyo oʼyinlari gʼolibi. Rustam Akramov boshchiligidagi termamiz finalda qaysi jamoa ustidan 4:2 hisobida gʼalaba qozongan?

  1. Janubiy Koreya
  2. Saudiya Arabistoni
  3. Xitoy

4/10. 1998 yilda Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʼlib oʼtgan Osiyo oʼyinlari futbol musobaqasida «G» guruhidan oʼrin olgan Oʼzbekiston terma jamoasi Moʼgʼuliston terma jamoasi bilan uchrashib, gʼalaba qozondi va eng koʼp gol urgan jamoaga aylandi. Gollar soni qancha edi?

  1. 9
  2. 12
  3. 15

5/10. Oʼzbekistonlik futbolchilardan qaysi biri ikki marta «Osiyoning eng yaxshi futbolchisi» unvoniga sazovor boʼlgan?

  1. Server Jeparov
  2. Odil Ahmedov
  3. Jaʼfar Irismetov

 

6/10. 2016 yilda Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oʼyinlarida bokschimiz nufuzli sovrin – Vel Barker kubogini qoʼlga kiritdi. Ushbu mukofot nafaqat yuqori samaradorlik koʼrsatibgina qolmay, balki estetikasi va goʼzalligi bilan ham ajralib turadigan texnikasi eng yuqori bokschiga beriladi.

Batafsil MOQ saytida

 

 

Milliy olimpiya qoʼmitasi

Olympic.uz