Free ebooks Library zlibrary project

Doʼstlar, sizga Milliy Olimpiya qoʼmitasining ahil jamoasi ikkinchi onlayn uchrashuvidan tayyorlangan qisqa videorolikni ulashayotganimizdan mamnunmiz. Bugun yoqimli xotiralar haqida suhbat qurdik.

Ular oʼtgan tadbirlar va yutuqlarini xushkayfiyat bilan esladilar, shuningdek, oʼzlarining kelajakdagi yorqin rejalari va yutuqlari bilan boʼlishdilar. Anʼanaga koʼra, Milliy olimpiya qoʼmitasi prezidenti Shoabdurahmonov R.M. uchrashuvni yakunlab, hamjihatlik uchun hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi va karantin davrida noanʼanaviy sharoitda mustahkam ishlashda davom etishga undadi.

Milliy Olimpiya Qoʼmitasi ushbu sinovli damda barcha guruhlarni telefonda qoʼngʼiroqlashishni unutmagan holda birdam va hamjihat boʼlishga, hatto masofadan turib ishlashda ham barchamiz hamkasb va doʼst boʼlib qolishga chaqiradi!

Birgalikda barchasini birga yengib oʼtamiz!

 

Milliy olimiya qoʼmitasi

Olympic.uz