Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun koronavirus pandemiyasi oʼzining koʼlami va miqyosiga koʼra mislsiz global inqirozga, butun bashariyat taqdiri va jahon iqtisodiyoti uchun gʼoyat jiddiy sinovga aylandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, transport-kommunikatsiya va sport sohalari ham bundan aziyat chekmoqda.

Iqtisodiy jihatdan qudratli va sogʼliqni saqlash tizimi rivojlangan davlatlar ham endilikda bu ofatdan sarosimaga tushayotgani sir emas. Аna shunday murakkab sharoitda Oʼzbekistonda tanlangan yoʼl,

Prezidentimizning shu yil 19 mart kungi 5969-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 23 mart kungi 176-sonli qarorida belgilangan qatʼiy chora-tadbirlar koronavirusni “jilovlash”, infektsiyaning aholi oʼrtasida keng tarqalishining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Yurtboshimiz tomonidan oʼtkazilayotgan har bir videoselektor yigʼilishida xalqimizga murojaat qilinib, yurtdoshlarimizni bir musht boʼlib jipslashish, hamjihatlikda karantin tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirilmoqda.

Oʼzbekiston Milliy Olimpiya qoʼmitasi tomonidan ham yuqoridagi Farmon va qaror ijrosini soʼzsiz taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Аvvalo, Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda qoʼshma qaror qabul qilindi. Unda sport turlari boʼyicha Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlari va boshqa musobaqalarga tayyorgarlik koʼrayotgan Oʼzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolarining oʼquv-mashgʼulot yigʼinlari, respublika hududida oʼtkazilishi rejalashtirilgan sport tadbirlari va musobaqalar vaqtincha toʼxtatildi.

Sportchilar endilikda individual reja asosida mashgʼulotlarni olib bormoqdalar, murabbiylar tomonidan ularni nazorat qilish yoʼlga qoʼyildi. Qoʼmitada tuzilgan tezkor shtab bu ishlarni muvofiqlashtirib turibdi. Barcha xodimlar karantin davrida uyda boʼlishlari, karantin talablariga qatʼiy rioya qilishlari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlari haqida ularga muntazam tushuntirish va ogohlantirishlar berib borilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, Qoʼmita xodimlarining muayyan qismi mehnat qonunchiligi talablari boʼyicha navbatdagi mehnat taʼtiliga chiqarildi. Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan shu yil 25 mart kuni tasdiqlangan “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga oʼtkazishning vaqtinchalik tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom talablari asosida Qoʼmita ish faoliyati uzluksiz onlayn va masofadan ishlash rejimiga oʼtkazildi.

Onlayn tarzda xodimlar har kuni jismoniy mashgʼulotlarda faol ishtirok etmoqdalar, zaruriyatga qarab, masʼul xodimlarning bu boradagi hisobotlari ham eshitib borilmoqda.

Qoʼmita kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarni karantin davrida ijtimoiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash, oila davrasida madaniy-maʼrifiy tadbirlardan bahramand boʼlishlariga koʼmaklashilmoqda. Аyni vaqtda, xodimlar uy sharoitida vaqtni samarali oʼtkazish, sport, pazandalik va kitobxonlik sirlari haqida oʼrtoqlashishmoqda.

Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni qoʼllab-quvvatlaymiz, va ishonchimiz komilki, birdamlikda bu sinovlarni muvaffaqiyat bilan yengib oʼtamiz.

Biz bu sinovlarni yengib, yanada kuchli boʼlamiz!

MOQ Yuridik xizmat departamenti

direktori Mahmud YARMАTOV

 

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

olympic.uz