Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi bazasida hududiy futbol akademiyalari direktorlarining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida ikki kunlik malaka oshirish seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad: Akademiyalarda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqish, mas’ul xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda yosh futbolchilarni tarbiyalashning zamonaviy usullarini joriy etishdan iborat.