Free ebooks Library zlibrary project

Atlanta— Jorjiya shtatining “Janubiy poytaxti” sifatida tanilgan. U janubga xos joziba, ijodkorlik va zamonaviylikni o’zida mujassam etgan megapolisdir. Shahar o’zining diqqatga sazovor joylari, mashhur restoranlari hamda go’zal maskanlari bilan barchani o’ziga rom etgan.

“Atlanta City” stadioni “Mersedes-Benz Stadium” nomi bilan ataladi va u 2017-yil ochilgan bo’lib, 75 000 muxlisni o’z bag’irga sig’dira oladi. Arenada maydon bo’ylab aylana video monitor va ochilib-yopiladigan tom mavjud.

Eslatib o’tamiz, “Atlanta City” stadioni mundial davomida 8 ta o’yinga mezbonlik qiladi.