Bugun Toshkentda yangi bunyod etilgan Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Futbolchilar uyushmasi hamkorligida yilning muhim tadbirlaridan biri — Futbolchilar uyushmasining 2025-yilgi assambleyasi tashkil etildi.
Tadbirda futbolimiz faxriylari, milliy terma jamoamiz safida to‘p surgan sobiq futbolchilar, hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar muhokama qilingach, mehmonlar va ishtirokchilar uchun yangi qurilgan Milliy futbol markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ishtirokchilar markazdagi zamonaviy sharoitlar, futbolchilarni tayyorlash va tiklash uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.