O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi vakillari ishtirokida kelgusi yil uchun asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
• 2026-yilgi taqvimni puxta rejalashtirish;
• musobaqalar reglamentini takomillashtirish;
• o‘quv kurslarining sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
• o‘yin intensivligini kuchaytirish;
• sof o‘yin vaqtini ko‘paytirish;
• analitik ko‘rsatkichlar va monitoring tizimini yaxshilash;
• futbol maktablari va futbol akademiyalarini tizimli rivojlantirib borish;
• hakamlar faoliyatini rivojlantirish;
• Proliga faoliyatini takomillashtirish kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Ushbu uchrashuv futbolimizda sifat, tartib va samaradorlikni oshirishga qaratilgan kelgusi yilgi rejalar uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.