Bugun Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Oʼzbekiston gimnastika federatsiyasi rahbariyati bilan birgalikda gimnastika boʼyicha erkaklar terma jamoasi uchun onlayn trening oʼtkazdi.
Mashgʼulotdan soʼng Milliy olimpiya qoʼmitasi Prezidenti R.Shoabdurahmonov va Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi oʼrinbosari Ravshan Ermatov sportchilarni ruhlantiruvchi soʼzlar bilan murojaat qildi, shuningdek sportchilar bilan karantin davrida ularning formasi va hayotiy faolligini saqlab qolish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Milliy olimpiya qoʼmitasi barcha sportchilarni kelgusida shu tarzda ishlashda davom etishga, sogʼligʼini yaxshilash va muntazam jismoniy mashqlar qilishga chorlaydi. Shuningdek, barcha murabbiy va sportchilarga oʼz uyida shugʼullanishda va ular uchun noodatiy sharoitlarga sabr-toqati uchun tashakkur.
Birgalikda biz hammasini yengamiz!
Milliy olimpiya qo’mitasi
olympic.uz