Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

“Tur de Frans” koʼpkunlik velopoygasi nafaqat velosport, balki butun dunyo sporti olamida eng nufuzli musobaqalardan biridir. Аnʼanaga muvofiq, turnir yoz fasining oʼrtasida oʼtkaziladi. Аfsuski, koronavirus pandemiyasining butun dunyo boʼylab keng tarqalishi sabab bu yilgi musobaqaning oʼtishi soʼroq ostida qolmoqda.

Tashkilotchilar ayni paytda mazkur musobaqani qanday qilib boʼlmasin oʼtkazib olish boʼyicha bosh qotirishmoqda. Reglamentga koʼra, bu yilgi bahslar 27 iyun – 19 iyul kunlari orasida oʼtishi belgilangan edi. Butun dunyoda karantin holati joriy etilgani sabab musobaqaning bu yilgi bahslari ushbu kunda oʼtishi deyarli imkonsiz. Shu bois tashkilotchilar uni keyinroqqa koʼchirish haqida oʼylashyapti.

Yevropa nashrlarining xabar berishicha, tashkilotchilar musobaqani qoldirish haqida sira oʼylashgani yoʼq. Bu borada yakuniy qaror may oyida eʼlon qilishi kutilmoqda.

Eslatib oʼtamiz, musobaqa boʼlib oʼtadigan Frantsiya mamlakatining oʼzida koronavirus infektsiyasiga chalinganlarning oʼzi 109 mingdan oshgan boʼlib, ularning 13 mingdan ziyodi hayotdan koʼz yumgan.

 

Milliy olimpiya qomitasi

olympic.uz