Noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Al Aynda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Uchrashuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida o‘tkaziladi.


