АQShning Аtlanta shahrida oʼtgan 1996 yilgi Olimpiya oʼyinlari ham koʼp jihatlari bilan tarixga kirgan. Misol uchun, boks musobaqalari ham. Ushbu Olimpiadada zamonamizning mashhur bokschisi Floyd Meyvezerning havaskor boksdagi soʼnggi magʼlubiyati, hamyurtimiz Karim Toʼlaganovning tarixiy natijalari bilan yodda qolgan.
“Pretty Boy” laqabi bilan mashhur boʼlgan Floyd Meyvezer Аtlantadagi Olimpiadada havaskor boksda soʼnggi jangini oʼtkazgan. Аmerikalik bokschi havaskorlik faoliyatida 84 ta jang oʼtkazib, 8 bor magʼlub boʼlgan. Bir qarashda magʼlubiyat koʼpdir, lekin janglarga yoshligidan kirib kelganini hisobga olsa, bu ajoyib natija. Shu oʼrinda uning jamoadoshlari qoʼygan “Pretty Boy”, yaʼni “Kelishgan yigit” laqabiga ham toʼxtalib oʼtsak. Gap shundaki, Floyd oʼsha kezlarda ham oʼzining yuqori tezligi evaziga yuzidan deyarli zarba oʼtkazib yubormasdi. Natijada uning yuzida shigʼamlar boʼlmagan. Shuning uchun unga mana shunday taxallus qoʼyilgan. Meyvezerning “tarixiy” magʼlubiyatlaridan biri aynan oʼz yurtida oʼtgan Olimpiya oʼyinlarining yarim finalida sodir boʼlgan. Bolgariyalik Serafim Todorovga qarshi jangda Floyd 9:10 hisobida yengilgan va yakunda bronza medali bilan taqdirlangan edi. Uning prof boksdagi natijalarini oʼzingiz juda yaxshi bilasiz.
MOQ
Olympic.uz