Fabio Kannavarro boshqaruvidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi bugungi mashg’ulotlarini o’tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Al Aynda bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Turnirda Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari kuch sinashadi. Uchrashuvlar “Hazza bin Zayd” stadionida o‘tkaziladi.
