Oʻzbekiston u-17 terma jamoasi Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Oʻzbekiston oxirgi turda Panama oʻsmirlariga qarshi kurash olib bordi va 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Shu tariqa Oʻzbekiston “G” guruhida 6 ochko jamgʻargan holda 1/16 bosqichiga yoʻl oldi.
Oʻzbekiston 6:1 Panama
Gollar: Abubakir Shukurullayev 48ʼ, Sadriddin Hasanov 53ʼ, Sayfiddin Sodiqov 68ʼ, Jamshidbek Rustamov 90+1ʼ, Asilbek Aliyev 90+3ʼ, Abdusamad Saidov 90+5ʼ






