Free ebooks Library zlibrary project

OFK bosh kotibining o‘rinbosari Shin Man Gil, OFK musobaqalarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Avaz Berdiqulov va musobaqalarni o‘tkazish menejeri Xinan Yin yurtimizda boʻlib turganidan xabaringiz bor. Bugun OFK vakillari Milliy futbol markaziga tashrif buyurib, yangi bunyod etilgan zamonaviy futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamrohligida mehmonlar sport tibbiyoti markazi, sogʻlomlashtirish va tiklanish bo‘limlari hamda futbolchilar istiqomat qilishi uchun moʻljallangan mehmonxona, VAR markazi, Respublika akademiyasi, yangi yopiq maydon bilan tanishdilar. OFK vakillari futbolchilar ushbu yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.