O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Sharja shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz, yig‘in doirasida Venesuela, Kot-D’Ivuar va Burkina-Faso U-17 terma jamoalariga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1-noyabr kuni Doha shahriga yetib boradi.
