Free ebooks Library zlibrary project

Gonkong sogʼliqni saqlash departamenti maʼlumotiga koʼra, yangi turdagi koronavirusdan himoyalanishning eng samarali usullari koʼpchiligimizga tanish boʼlgan gigiena qoidalariga qatʼiy rioya qilish va tibbiy niqoblarni taqishdir, deya xabar beradi RIA Novosti.

«Agar niqob taqish lozim boʼlsa, odamlarga nafas olish yoʼllari infektsiyasini oldini olishning samarali vositalaridan biri boʼlgan jarrohlik niqoblarini taqish tavsiya etiladi», – «dizaynerlik» niqoblari haqidagi savolga qiziqqanlarga shunday javob berildi.

Idora mutaxassislari yana jamoatchilik eʼtiborini pandemiyaning boshidanoq aytilgan narsalar ahamiyatiga qaratishdi – binolarni shamollatish, foydalanilgan buyumlar sirtlarini tozalash va qoʼllarini iloji boricha tez-tez yuvib turish.

 

MOQ – Olympic.uz