Free ebooks Library zlibrary project

Yodingizda boʼlsa, oʼtgan safar meditatsiya jarayoni haqida hikoya qilishga vaʼda bergan edik. Chunki bu murakkab jarayon nafaqat xotirjamlikni, balki samara ham keltirishi kerak.

Shunday qilib, oʼqiymiz, oʼrganib chiqamiz va oʼzimizda sinab koʼramiz!

  1. Meditatsiyani boshlashdan avval, diqqatni qanday jamlashni oʼrganish kerak. Meditatsiya ustalari koʼpincha ongimizni shoxdan shoxga sakraydigan maymunga taqqoslashadi. Shuning uchun, fikrimizni bir necha daqiqaga bitta predmatga qaratishga urinib koʼring. Ongingizni nazorat qiling. U allaqanday muhim tashvishlar va muammolar haqida qaygʼurmasligi kerak. Faqat koʼrib turgan narsangiz haqida oʼylang.

Layfxak: nigohingizni harakatsiz narsalarga qaratish yaxshiroq, aks holda diqqatni jamlash qiyin kechadi.

  1. Tafakkurimizni boshqarishni oʼrganganimizdan soʼng, tanani nazorat qilishni oʼrganishni boshlaymiz. Аvvalo, keling, buni amalga oshiradigan joyni tanlaylik.

Meditatsiya uchun joy qanday mezonlarga javob berishi kerak?

– U ishxonangiz yoki stol va toʼshakdan uzoqda joylashgan boʼlishi kerak.

– Meditatsiya qiladigan xonaning havo aylanishi yaxshi boʼlishi kerak. Toza havo – bu hamma narsaning asosiy davosidir.

«Yorugʼlik juda yorqin boʼlmasligi kerak, ammo u juda xira ham boʼlmasligi kerak.» Faqat mayin yorugʼligi boʼlgan xonani tanlang.

– Meditatsiya paytida oʼzingiz va fikrlaringiz bilan yolgʼiz qolgan yaxshidir, shuning uchun juda joʼshqin va sokin joyni tanlang.

  1. Ajoyib! Deyarli asosiy narsaga yaqinlashdik. Endi meditatsiya uchun holatni tanlang. Yangi boshlanuvchilar uchun biz eng oddiy usulni tavsiya qilamiz – bu stulda oʼtirish. Asosiysi, orqani tik ushlab turish uchun stulning orqa tomoni tekis boʼlishi kerak. Agar birinchi marta meditatsiya qilmasangiz, mashhur nilufar pozitsiyasini yoki vadjrasan, yaʼni olmos pozasini tanlashingiz mumkin.
  2. Nihoyat, biz meditatsiya jarayonini boshlaymiz.

Koʼzlarimizni yarim yumamiz, qoʼllarimizni qulay tarzda bukamiz, ogʼzimizni yopamiz. Biz tinch va sokin nafas olamiz va keyin nafas chiqaramiz.

Bu vaqtda nimani oʼylash kerakligi, bu sizning tanlovingiz. Tasavvuringizda diqqatingizni jamlashga yordam bergan obʼektni oʼylashingiz mumkin, nafas olishingizni kuzatish yoki tanadagi sezgilarni his qilishingiz mumkin.

Bu holatga kamida 10 daqiqa sarflaymiz. Meditatsiyadagi muhim narsa muntazamlikdir, shuning uchun haftasiga kamida 4 marotaba ushbu texnikaga bajarishni maslahat beramiz.

 

MOQ – Olympic.uz