Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi mashgʻulotlarni davom ettirmoqda. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi yoshlarimiz ertaga – 14-oktyabr soat 17:00da Qozogʻistonga qarshi navbatdagi bahsda maydonga tushishadi.
Oʻrinboyev hamda Bahromov navbatdagi bahsda ishtirok etmaydi. U-18 terma jamoasi futbolchisi Behruz Karimov esa Qozogʻistonga qarshi oʻyin uchun tarkibga jalb etildi.
