Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida “6 aprelь – Taraqqiyot va tinchlik yoʼlida Xalqaro sport kuni” munosabati bilan yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʼullanishni keng targʼib etish maqsadida oʼziga xos salomatlik aktsiyasini eʼlon qiladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʼshil! chellenjida qatnashish orqali siz nafaqat oʼz salomatligingizni mustahkamlaysiz, balki bu orqali qimmatbaho sovgʼalarni yutib olish imkoniyatiga ega boʼlasiz.

Buning uchun siz:

1) karantinda uyda qolib oila aʼzolaringiz bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajaring hamda uni videoga olgan holda oʼzingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz (Facebook, Instagram)ga joylang;

2) Ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashing.

Videoroliklarni baholashda:

taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila aʼzolari uy sharoitida sport bilan shugʼullanish jarayoni aks etganligi;

uyda sport bilan shugʼullanish jarayoniga kreativ yondashuvi;

videorolikning sifati;

ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shugʼullanishga daʼvat etgan (chaqiriq) boʼlishi;

videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga eʼtibor qaratiladi.

Chellenj joriy yilning 6-26 aprelь kunlari oraligʼida oʼtkaziladi. Har toʼrtinchi kunda chellenjning uch kunlik gʼoliblari aniqlanib, taqdirlab boriladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʼshil! chellenjida faol ishtirok eting va sovgʼalarni qoʼlga kiriting.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati