Sogʼlom turmush tarzi va karantin – bir-biriga mos kelmaydigan narsami? Yoʼq! Germaniyalik sportchilar buni shaxsiy namunalari bilan isbotladilar. Eʼtiboringizni – Germaniyalik olimpiya (boshqa musobaqalar) chempionlari mashgʼulotlariga qaratamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvchilari pandemiyadan keyin vazn yoʼqotish oson boʼlmaydi, deb shikoyat qilmoqdalar. Boshqalari esa buning uchun harakat qilishadi va doʼstlari va obunachilari bilan tajriba almashadi! Taniqli nemis sportchilari ham chetda turishgani yoʼq. Ular oʼzlarining Instagramdagi muxlislariga sport bilan shugʼullanishni yoki uyda jismoniy holatni saqlab qolish boʼyicha maslahatlar berishyapti. Hatto baʼzilari musobaqa va tanlovlar oʼtkazyaptilar.
Biz tanlagan sport ilovalari nemis tilini bilmasangiz ham yordam beradi. Faqat mashqlarni takrorlang!
Futbolchi Toni Kroosdan chellenj
Futbol boʼyicha Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos (Toni Kroos) Instagramdagi akkauntida (bu deyarli 24 million obunachi deganidir!) ikki haftalik chellenj haqida eʼlon qildi. «Men har kuni sizga futbol toʼpi bilan mashqlarni koʼrsataman. Siz ularni uyda takrorlab va uni videoga olib, menga joʼnatishingiz kerak. Buning uchun #TonisHomeChallenge xeshtegidan foydalaning. Men eng qiziqarlilarini akkauntimga joylashtiraman. Har kuni eng yaxshilaringiz maxsus sovrin egasi boʼlasiz», deya nemis futbolchisi muxlislariga vaʼda berdi.
MOQ – Olympic.uz