Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 10-oktyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida ayollar futbolini rivojlantirishga bag‘ishlangan maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Dastur doirasida tonggi qismda murabbiylar uchun Safeguarding (bolalarni himoya qilish) va murabbiylar ta’limi bo‘yicha taqdimotlar tashkil etildi. Unda yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda zamonaviy o‘qitish yondashuvlari muhokama qilindi.

Kun yakunida esa Toshkentdagi maktablardan tashrif buyurgan 150 nafar qizaloq uchun jonli futbol festivali o‘tkazildi.

1–2-sinf o‘quvchilari o‘z kuchlarini futbol o‘yinlarida sinab ko‘rishdi, turli o‘yin stansiyalaridan o‘tishdi va jamoaviy o‘yin orqali futbol olamining qiziqarli va zavqli jihatlarini his qilishdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlantirish, yosh qizlar uchun xavfsiz va ilhomlantiruvchi muhit yaratish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.