Аyni sinovli kunlarda xalqimizga xos boʼlgan ezgu qadriyat – keksalarga gʼamxoʼrlik koʼrsatish, yordamga muhtoj oilalarga har tomonlama koʼmaklashish, bemorlarni yoʼqlash kabi fazilatlar har qachongidan ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizdagi bir qator tashkilotlar ana shu xayrli ishda faol qatnashayotgani soʼzimiz isbotidir.
Bugun Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi tashabbusi bilan Oʼzbekiston sport faxriylari kengashi yurtimizdagi bir guruh sport faxriylariga bepul dorilar, antiseptik vositalar, tibbiy niqoblar tarqatdi. Oʼz navbatida, karantin kunlarida uydan chiqmay, farzand va nabiralar bagʼrida umrguzaronlik qilayotgan keksalarimiz ahvolidan ham xabar olindi. Bu eʼtibordan mamnun boʼlgan faxriylarimiz davlatimiz va hukumatimiz rahbariyatiga oʼz minnatdorligini bildirishdi.
Olympic.uz – eng zo’r sport yangiliklari!