Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, ayni paytda dunyodagi kam sonli sport musobaqalari qatorida Belarus oliy ligasi uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Hozirda Belarus chempionatida 2 nafar hamyurtimiz faoliyat olib bormoqda. Shahboz Umarov va Jasurbek Yaxshiboev Minskning “Energetik-BGU” klubi sharafini himoya qilishmoqda.

Klub chempionatni juda muvaffaqiyatli boshladi. 2 ta turdan so’ng “Energetik” yetakchilar qatorida bormoqda. Bunda hamyurtlarimizning ham o’rni beqiyos. Jumladan, Yaxshiboev mart oyida 2 ta rasmiy o’yinda maydonga tushdi va 2 ta gol, 1 ta assist o’z hisobiga yozib qo’ydi.

Shu tariqa, “Energetik-BGU” klubi rasmiy saytida o’tkazilgan so’rovnoma yakunlariga ko’ra, Jasurbek Yaxshiboev mazkur jamoa safida mart oyining eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.