Free ebooks Library zlibrary project

Press-tur davomida OAV vakillariga Milliy futbol markazining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Bugun bu yerda bir vaqtning o‘zida bir nechta terma jamoa mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. Zamonaviy stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari va mehmonxona futbolchilar ixtiyoriga taqdim etilgan.

Sport tibbiyoti markazida basseyn, mashg‘ulot zali va reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etilgan. Jarohatlarning oldini olish hamda futbolchilarning qisqa fursatda tiklanishi uchun xorijiy uskunalar olib kelingan, ilg‘or uslublar joriy etilgani qayd etildi.

Press-tur ishtirokchilari Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, VAR, terma jamoalar tayyorgarlik markazi va Respublika futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishishdi.