Free ebooks Library zlibrary project

Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida FIFA mutaxassisi Varlam Darsadze ishtirokida “Menejment va marketing” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda hududiy futbol akademiyalari hamda Superliga klublari qoshidagi akademiyalar direktorları va sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarning asosiy maqsadi futbol akademiyalarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning kasbiy darajasini oshirish, tajriba almashish hamda samarali aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilarga yetakchilik, menejment, bolalar himoyasi va xavfsizligi, kommunikatsiya, uzoq muddatli rejalashtirish mavzulari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi.

Mazkur seminarda hududiy futbol akademiyalari hamda Superliga klublari qoshidagi akademiyalardan 50 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.