Free ebooks Library zlibrary project

Maʼlumki, Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʼmitasining qoʼshma qarori asosida Olimpiya sport turlari boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoalari uchun tashkil etilayotgan barcha oʼquv-mashgʼulot yigʼinlari vaqtincha toʼxtatildi.

Mashgʼulotlarning toʼxtalishi mamlakatimiz hududida qayd etilgan koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralar hamda Xalqaro olimpiya qoʼmitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021 yilda oʼtkazish boʼyicha yakuniy qarorga kelgani sabab boʼldi.

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahridagi «Paxtakor» qilichbozlik zalida oʼquv-mashgʼulot yigʼinini oʼtkazayotgan asosiy terma jamoamizning mashgʼulotlari muddatidan avval yakunlandi.

Kuni kecha terma jamoamiz aʼzolari oʼz uylariga sogʼ -salomat yetib olganliklarini aytishdi. Endilikda barcha qilichbozlarimiz oʼz uyida individual tarzda mashgʼulotlarni davom ettiradi.

Аziz hamyurtim, oʼzingiz va yaqinlaringizning salomatligi uchun uyda qoling!

MOQ – Olympic.uz