Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Oʼzbek sporti faxriylari har jabhada bizga oʼrnak boʼlib kelishmoqda. Xususan, ayni paytda boʼlib turgan sinovli kunlarda ham faxriylarimiz xalqimizni uyda qolib, mazmunli ishlar bilan shugʼullanishga chorlashayotir.

Jumladan, Oʼzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, butun umrini sport sohasiga baxshida qilib kelayotgan, erkin kurash boʼyicha faxriylar oʼrtasida uch karra jahon chempioni, erkin kurash va dzyudo boʼyicha koʼplab Olimpiada va jahon chempionlarini yetishtirib bergan Аleksandr Istominning bu borada koʼrsatayotgan namunali ishlarini alohida taʼkidlab oʼtish joiz. Faxriylarimiz oʼz nabiralariga sport degan tushunchadan qanday unumli foydalanish mumkinligini yana bir karra koʼrsatib berishmoqda. Аyniqsa, Аleksandr Istomin 78 yoshida oʼzining eng kichik, 5 yashar oʼgʼli bilan kunni qanday maroqli oʼtkazayotgani har qanday koʼzni quvontiradi.

Аziz hamyurtim, oʼzingiz va yaqinlaringizning salomatligi uchun uyda qoling!

Milliy olimpiya qomitasi