Free ebooks Library zlibrary project

Belarus oliy ligasida 2-tur uchrashuvlari o’tkazilmoqda.

O’zbekistonlik 2 nafar futbolchilar – Jasurbek Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib borayotgan Minskning “Energetik-BGU” klubi 2-tur doirasida safarda Brestning “Rux” jamoasi maydonida mehmon bo’ldi.

Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o’tgan o’yinda “Energetik” futbolchilar kichik hisobda g’alabaga erishishdi. Yaxshiboev o’yinni ilk daqiqalardan maydonda boshladi va o’z hisobiga assist yozib qo’ydi. Umarov esa o’yinning 72-daqiqasida zaxiradan mayonga tushirildi.

2-turdan so’ng “Energetik” jamoasi 2 ta g’alaba bilan peshqadamlar orasida bormoqda.