Free ebooks Library zlibrary project

FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sentyabr oyida Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida xalqaro turnirda ishtirok etadi va 2025-yilgi U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Angliya, Kanada hamda Marokash o‘smirlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

3-sentyabr
Angliya — Oʻzbekiston

6-sentyabr
Kanada — Oʻzbekiston

9-sentyabr
Marokash — Oʻzbekiston