Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan “Mirabror Usmonov kubogi-2025” turniri doirasida Yaponiyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda vakillarimiz 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Yaponiya terma jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, individual sovrinlar o‘z egalarini topdi:

Eng yaxshi to‘purar — Aren Inoue (Yaponiya)
Eng yaxshi darvozabon — Masataka Kobayashi (Yaponiya)
Eng yaxshi futbolchi — Uche Nvadike (Yaponiya)
Eng yaxshi yosh futbolchi — Oybek O‘rmonjonov (O‘zbekiston), Shion Shinkava (Yaponiya)