2007-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 20-31-iyul kunlari Toshkentda seleksiya yigʻinini oʻtkazmoqda. Ushbu yigʻin ikki qismdan iborat boʻlib, unda terma jamoaga nomzod futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazish hamda yangi futbolchilarni seleksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Jamoa 20-25-iyul kunlari birinchi yigʻinini yakunladi. Bugun terma jamoaga nomzod navbatdagi futbolchilar yigʻinga kirishadi.
Bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullayev tomonidan yigʻinning ikkinchi qismiga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing.
