Bugun Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Moskva shahrida “Chertanovo” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Jamoamizning goliga Asilbek Aliyev (75’) mualliflik qildi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 29-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
