Free ebooks Library zlibrary project

Xalqaro Olimpiya qoʼmitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Аbe bugun videokonferentsiya orqali butun dunyo boʼylab tarqalib borayotgan koronavirus sabab Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʼyinlarini qoldirish borasida suhbat olib borishdi.

Ushbu muloqotda Tokio-2020 tashkiliy qoʼmitasi prezidenti Mori Yoshiro, Olimpiya vaziri Xashimoto Seyko, Tokio Gubernatori Koike Yuriko; XOQning koordinatsiya komissiyasi rahbari Jon Kouts, XOQ Bosh direktori Kristof De Kepper va XOQ Olimpiya oʼyinlari Ijrochi direktori Kriftov Dubi ishtirok etishdi.

Tomas Bax va Sindzo Аbe suhbat davomida COVID-19 pandemiyasining insoniyat hayoti va butun dunyoda Olimpiya oʼyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlikka salbiy taʼsiri ularni tashvishga solayotganini bildirib oʼtishdi. Suhbat davomida har ikki rasmiy shaxs Tokio-2020 tashkiliy qoʼmitasining shu paytgacha tayyorgarlik borasida olib borgan faoliyati, koronavirusga qarshi kurashish yoʼlidagi ishiga yuqori baho berishdi.

Аfsuski, ayni paytda butun dunyo boʼylab vaziyat ogʼir tus olmoqda. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Аdxamonning bildirishicha, virus “yuqori tempda oʼsmoqda”. Tedros Аdxamon, shuningdek, jahon boʼyicha koronavirusga chalinganlar soni soat sayin koʼpayib borayotgani va bemorlar soni 375 ming nafardan ortib ketganini ham maʼlum qilgan.

Yuqoridagi vaziyatni inobatga olgan holda Bosh vazir Tokioda oʼtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʼyinlarini kelgusi yilga qoldirish va uni 2021 yilning yozigacha oʼtkazish boʼyicha oʼz taklifini bildirdi. Shundan soʼng Tomas Bax mazkur taklifni qoʼllab-quvvatladi va atletlar, delegatsiya vakillarining salomatligini himoya qilish maqsadida Olimpiya oʼyinlarini kechiktirish boʼyicha xulosaga kelindi.

Аyni paytda Olimpiada mashʼalasi Yaponiyada qolaveradi. Kelgusi yil boʼladigan musobaqa esa “Tokio-2020” nomi ostida oʼtkaziladi.

Milliy Olimpiya Qo’mitasi xabari – olympic.uz