Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
Superliga
“Xorazm” — “Buxoro”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Xorazm” — “Buxoro” uchrashuvining 85-daqiqasida “Xorazm” jamoasi bosh direktori Ro‘zimboy Ahmedov hamda “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayevlar o‘zaro haqoratli so‘zlar ishlatib tortishganligi va provokatsion harakatlar qilganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ro‘zimboy Ahmedovga (Xorazm) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Ulug‘bek Bakayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor” — “Surxon”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi yordamchi murabbiyi Stanislav Kudryashov Liga komissarining qator ogohlantirishlariga qaramay, maxsus litsenziyani taqmasdan ko‘p bora texnik hududni tark etganligi va davomiy ko‘rsatmalar berganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Stanislav Kudryashovga (Surxon) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Mash’al” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Mash’al” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi mobaynida “Mash’al” jamoasi texnik direktori Dilyaver Vaniyev uchrashuv komissari ogohlantirishlariga qaramasdan bosh murabbiy yonida davomli turganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dilyaver Vaniyevga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Mash’al” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi mobaynida “Mash’al” jamoasi murabbiylari Eldor Isaboyev va Farhod Yorov hamda “So‘g‘diyona” jamoasi murabbiyi Ulug‘bek Boqiyevlar komissar ogohlantirishlariga qaramasdan O‘zPFL tomonidan taqdim etilgan akkreditatsiyasiz texnik hududda harakatlanganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Eldor Isaboyev va Farhod Yorovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Ulug‘bek Boqievga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Andijon”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Andijon” uchrashuvidan so‘ng “Navbahor lochinlari” jamoasi xodimi Abdurauf G‘ulomov texnik hududda tamaki chekkani va o‘yin mobaynida uchrashuv komissariga qo‘pol ravishda muomala qilganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdurauf G‘ulomovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari”—“Andijon”uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Mirzad Mehanovich to‘p uchun kurash vaqtida raqibga tajovuzkor harakati uchun maydondan chetlatilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirzad Mehanovichga (Andijon) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Andijon” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Saidazamat Mirsaidov hamda “Andijon” darvozabonlar murabbiyi Qobiljon Olimjonov o‘zaro haqoratli so‘zlar ishlatib tartibsizlik keltirib chiqarganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Saidazamat Mirsaidovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Qobiljon Olimjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Andijon” uchrashuvining 45+3-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Shohmalik Komilov burchak to‘pi olish jarayonida muxlislar otgan lentani muxlislarga qarata uloqtirib, muxlislar noroziligiga sabab bo‘lganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohmalik Komilovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Andijon” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi o‘yinni tashkil qilishdagi ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, jumladan, tomoshabinlar yelim idishlar va yondirgichlarni maydonga uloqtirganligi, texnik zonada uchrashuv qaydnomasiga kirmagan ko‘plab xodimlarning to‘planib, tartibsizliklar keltirib chiqargani va media tribunaga maxsus akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan odamlarning kirganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon” — “Nasaf”
Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvida “Andijon” jamoasi o‘yinni tashkil qilishdagi ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, o‘yin oldi rasmiy mitingda klub vakillarining ishtirok etmaganligi, ta’mirlash kech tugaganligi sabab funksional xonalardan foydalana olinmaganligi, talab etilgan joylarda Wi-Fi o‘rnatilmagani, maydondagi darvozalarning o‘lchamlari xato ekanligi, xavfsizlik choralariga amal qilinmaganligi, litsenziyasiz shaxslarning texnik zonada yurganligi, Milliy gvardiya droni xavsizlikka amal qilmasdan uchirilganligi va uchrashuvdan so‘ng ikki muxlisning maydonga yugurib tushishi kabi kamchiliklari aniqlangan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Buxoro” — “Qizilqum”
Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Buxoro” — “Qizilqum” uchrashuvining 56-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Shirinboy Abdullayev vaqt cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shirinboy Abdullayevga (Buxoro) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
OKMK — “Paxtakor”
Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi OKMK — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Abror Sarimsoqov vaqt cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abror Sarimsoqovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Dinamo” — “Mash’al”
Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Dinamo” — “Mash’al” uchrashuvining 73-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Ravshanbek Yagudin vaqt cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ravshanbek Yagudinga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari”
Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 57-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ehsoni Panshanbega (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Qo‘qon-1912” — “Sho‘rtan”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” — “Sho‘rtan” uchrashuvining 65-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Komron Saydazimov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Komron Saydazimovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Mash’al” — “So‘g‘diyona”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Mash’al” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 75-daqiqasida “Mash’al” jamoasi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadali Aliqulovga (Mash’al) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Navbahor lochinlari” — “Dinamo”
Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Dinamo” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Anvarjon Hojimirzayev to‘p uchun kurashda simulyatsiya ishlatgani uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Hojimirzayevga (Dinamo) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm” — “Buxoro”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Xorazm” — “Buxoro” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning tegishli bandida mezbon klub o‘yin tugashi bilan 120 daqiqa ichida inspektorga hamda 24 soat ichida Ligaga uchrashuvning raqamli shakldagi videoyozuvini talab qilingan formatda taqdim etishi shartligi belgilangan bo‘lsa-da, “Xorazm” klubi tomonidan mazkur uchrashuv video tasvirga olinmagani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Xorazm” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor” — “Dinamo”
Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Dinamo” uchrashuvida “Paxtakor” klubi tomonidan o‘yin boshlanish avvalida futbol maydoni va unga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash ishlari lozim darajada bajarilmagani, oqibatda turli tartibsizliklar vujudga kelganlik holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U-21 chempionati
“Sho‘rtan U-21” — “Bunyodkor U-21”
U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Sho‘rtan U-21” — “Bunyodkor U-21” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Sho‘rtan U-21” jamoasi futbolchisi Bekjon Rahmatov to‘psiz vaziyatda raqib futbolchisining o‘yog‘iga tajavuzkor harakat bilan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bekjon Rahmatovga (Sho‘rtan U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Sho‘rtan U-21” — “Bunyodkor U-21” uchrashuvidan so‘ng “Bunyodkor U-21” jamoasi murabbiyi Sunnatilla Mamadaliyev birinchi yordamchi hakam shaniga nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sunnatilla Mamadaliyevga (Bunyodkor U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Paxtakor U21” — “Dinamo U21”
U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Dinamo U21” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Paxtakor U21” darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvar Rashidovga (Paxtakor U21) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
“Buxoro U21” — “Qizilqum U21”
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 75-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Shahzod Turopov hakam qaroriga e’tiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Turopovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Buxoro U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 62-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi bosh murabbiyi Akmal Rustamov hakam qaroriga e’tiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akmal Rustamovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Andijon U21” — “Nasaf U21”
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi murabbiyi Zafar Xolmurodov hakam qaroriga e’tiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zafar Xolmurodovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“So‘g‘diyona U21” — “Navbahor lochinlari U21”
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Navbahor lochinlari U21” uchrashuvining 81-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” futbolchisi Abdulatif Kudratov hakam qaroriga e’tirozi sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulatif Kudratovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Surxon U21” — “Xorazm U21”
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Xorazm U21” uchrashuvining 41-daqiqasida “Xorazm U21” futbolchisi Iskandar Bo‘sinov hakam qaroriga e’tiroz bildirib, sariq kartochka olganligi holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Iskandar Bo‘sinovga (Xorazm U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“OKMK U21” — “Paxtakor U21”
U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “OKMK U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 84-daqiqasida OKMK U21 futbolchisi Shahbozbek Abduvaliyev hakam qaroriga e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahbozbek Abduvaliyevga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
“Xorazm U21” — “Buxoro U21”
U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Xorazm U21” — “Buxoro U21” uchrashuvining 44-daqiqasida “Xorazm U21” jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan holat qayd etilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm U21) nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Ayollar Oliy ligasi
“So‘g‘diyona-W” — “Lokomotiv-W”
Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi “So‘g‘diyona-W” — “Lokomotiv-W” uchrashuvining 58-daqiqasida “Lokomotiv-W” jamoasi futbolchisi Nodira Iskandarova to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisi yuziga qo‘li bilan zarba bergani hamda “So‘g‘diyona-W” jamoasi futbolchisi Ramina Yusupova boshqa bir raqib futbolchining yuziga zarba bergani uchun har ikkala futbolchi maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodira Iskandarovaga (Lokomotiv-W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, Ramina Yusupovaga (So‘g‘diyona-W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Paxtakor-W” — “Surxon-W”
Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi “Paxtakor-W” — “Surxon-W” uchrashuvning 45+5-daqiqasida “Paxtakor-W” jamoasi futbolchisi Mahzuna Abdukarimova to‘psiz vaziyatda raqibning qorin qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mahzuna Abdukarimovaga (Paxtakor-W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
“Bunyodkor-W” — OKMK-W
Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 2-turi doirasidagi “Bunyodkor-W” — OKMK-W uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Bunyodkor-W” jamoasi futbolchisi Ozoda Hojiyeva to‘p uchun kurashdan so‘ng yotgan holatda raqibga qasddan oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ozoda Hojiyevaga (Bunyodkor-W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.
OKMK-W —“So‘g‘diyona-W”
Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 3-turi doirasidagi OKMK-W —“So‘g‘diyona-W” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “So‘g‘diyona-W” jamoasi bosh murabbiyi Anvar Almatov hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvar Almatovga (So‘g‘diyona-W) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional boʻlishga chaqiramiz. Sizlar oʻsib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib oʻtamiz!