Xitoyning Yongchuan shahrida boʻlib oʻtayotgan “CFA International Womenʼs Football Tournament Yongchuan 2025” musobaqasida Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi ishtirokini boshladi.
Turnirdagi ilk uchrashuvda vakilalarimiz mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston terma jamoasi 0:5 hisobida magʻlubiyatga uchradi.