Joriy yilgi futbol mavsumida ham o‘zbekistonlik referilar xalqaro turnirlar va uchrashuvlarda faoliyat yuritishdi.
Asker Najafaliyev 2025-yilgi U-20 Osiyo kubogining Iordaniya – Iroq, Tailand – Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni – Koreya Respublikasi (yarim final) uchrashuvlarida bosh hakam, Avstraliya – Saudiya Arabistoni (final) uchrashuvida esa VAR hakami assistenti sifatida faoliyat yuritdi. Ruslan Serazetdinov esa yordamchi hakam vazifasini bajardi.
Shuningdek, Asker Najafaliyev Osiyo chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasida “Chongbuk Motors” – “Sidney” jamoalari uchrashuvini boshqarib bordi. Baxtiyorxo’ja Shavkatov va Ruslan Serazetdinov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov VAR, Abdurashid Xudayberganov esa AVAR hakami sifatida ishladi.
Osiyo elit chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi “Al-Nassr” – “Istiqlol” uchrashuvi O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi referisi – Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam bergan bo‘lsa, Firdavs Norsafarov VAR, Ahrol Risqullayev AVAR hakami vazifasida ish olib bordi.
Ertaga, 12-mart kuni Valentin Kovalenko Osiyo chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasidagi “Sharja” – “Shabab Al-Ahli” uchrashuvida hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.