Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarligi hamda musobaqadagi ishtiroki tahlil qilindi. Farhod Nishonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yigʻinlari, seleksiya, tibbiy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari boʻyicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Oʻz navbatida murabbiylar kengashi a’zolarining Oʻzbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi. Jamoa oldiga qoʻyilgan Jahon chempionatiga chiqish vazifasi bajarilmagan boʻlsa-da, Osiyo kubogi musobaqasida orttirilgan tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

U-20 terma jamoasi mazkur yosh toifasidagi tsikl boʻyicha musobaqalardagi ishtirokini yakunladi. Jamoa futbolchilari Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi asosini tashkil qilib, Los-Anjelesda oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik olib boradi.

Shuningdek, kun tartibidan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasiga bosh murabbiylar nomzodlarini ko‘rib chiqish masalasi oʻrin oldi. Murabbiy bo‘yicha qaror — tavsiyalarni o‘rganish jarayoni yakuniga yetganidan so’ng ma‘lum qilinadi.