Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kuboging ilk turida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Yamanga qarshi maydonga tushdi va Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoamiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni Muhammadali O‘rinboyev kiritib, jamoamizga dastlabki 3 ochkoni taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi keyingi uchrashuvini 16-fevral kuni Indoneziyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo Kubogining “C” guruhida Eron, Indoneziya va Yaman terma jamoalari bilan birga kurash olib bormoqda.