Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustaviga muvofiq, 2025-yil 22-fevral kuni OʻFA prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni OʻFA tomonidan oʻz aʼzolariga ushbu lavozimga nomzodlar boʻyicha oʻz takliflarini yuborishlarini soʻrab murojaat qilingan. OʻFA rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar OʻFA Saylov qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq tekshirilib, OʻFA Ustavining 30-moddasiga asosan, Kongressdan 30 kun oldin OʻFA Kotibiyatiga taqdim etildi.

OʻFA Ustavining 33-moddasiga koʻra, OʻFA aʼzolari navbatdan tashqari saylov Kongressining oʻtkazilish joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kongress oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin xabardor qilinishi lozim. Shu munosabat bilan, Kongressning oʻtkazilish joyi va kun tartibi 2025-yil 12-fevral kuni barcha aʼzolarga yetkazilishi belgilangan.

Shuningdek, OʻFA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy roʻyxati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda ham eʼlon qilinishi zarurligi keltirilgan boʻlib, OʻFA aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi navbatdan tashqari saylov Kongressi 2025-yilning 22-fevral kuni OʻFA binosida boʻlib oʻtishi maʼlum qilinadi.