O‘zbekiston futbol hakamlar markazi mutaxassislari rejaga muvofiq, yangi mavsum oldidan Superliga va Proliga jamoalarining bazalariga bosqichma-bosqich tashrif buyurib, hakamlikning zamonaviy qoidalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishadi.
O‘tgan mavsumda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar videoroliklar orqali tahlil qilinib, futbolchilarga muhim ma’lumotlar taqdim etiladi.