2025-yilgi U-17 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi.
8-fevraldan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Turkiyaning Antaliya shahrida davom etadi. Jamoamiz 8–14-fevral kunlari “Antalya Youth Cup” turnirida ishtirok etadi.
15–22-fevral kunlari esa O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rivojlanish kubogi”da g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.