Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

O‘FA rahbariyati hamda Yaponiyaning “Balcom” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi, O‘zbekistonning Hiroshimadagi faxriy konsuli Yamasaka Tesuro o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi futbol hamkorligi, yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda musobaqalar tashkil etish masalalarini muhokama qilindi. O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi mustahkam futbol aloqalarini yuqori baholab, Yaponiya xalqiga xos intizom va professionallikni alohida e’tirof etdi.

Yaponiyalik futbol mutaxassislari, jumladan, Midori Xonda ayollar terma jamoasi bilan, Tetsuya Tsuchida esa bolalar futbolini rivojlantirish loyihalarida faol ishtirok etganligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Hiroshimadagi xalqaro turnirga O‘zbekiston terma jamoalarini taklif etish va yangi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib olindi.