Bugun Farruh Zokirov boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar futzal milliy terma jamoasi 2025-yilgi futzal boʻyicha ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda 6:2 hisobi qayd etildi.
Jamoamizning gollariga Maftuna Shoyimova (2ʼ, 3ʼ, 10ʼ, 23ʼ, 34ʼ) va Nilufar Qudratova (38ʼ) mualliflik qildi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston ayollar futzal milliy terma jamoasi “C” guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, 2025-yilgi futzal boʻyicha ayollar Osiyo kubogiga yoʻl oldi.