Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati UEFAning ayollar futboli bo‘yicha mutaxassislari Kris Milnes va Elis Kossafi hamda OFK mutaxassisi Amir Assokan bin Abdulla bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida O‘zbekistonda ayollar futboli va futzali rivojlanib borayotgani qayd etildi. UEFA vakillari tomonidan ayollar futbolini isloh etishda OFK bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengayishi zarurligi, ushbu hamkorlikdan maqsad O‘zbekistonda va Osiyoning boshqa bir qator mamlakatlarida ayollar futboliga e’tiborni kuchaytirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi hamda turli yoshdagi terma jamoalar, ayollar ligasi, ommaviy futbol, hakamlik va murabbiylar ta’limi singari muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 3 yillik dastur taqdim etildi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov so‘nggi yillarda ayollar futboliga e’tibor tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlab, mamlakatimiz 2029-yilda ayollar futboli bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi buning yaqqol isboti ekanini qayd etdi.

“Belgilangan rejalar aniq, biroq ularni amalga oshirishda bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak”, dedi Ravshan Irmatov.

Shuningdek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti tomonidan “Grassroots” va “Football for schools” dasturlarida qizlar ulushini oshirish, so‘ngra ularni professional futbolga jalb qilish, ayol murabbiylar va referilar uchun UEFAga a’zo mamlakatlarda o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga oid muhim takliflar ilgari surildi.