Free ebooks Library zlibrary project

BAAdagi yig’in doirasida O’zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Belarus terma jamoasi bilan o’rtoqlik o’yinida ishtirok etadi.

Bugun ikkala jamoa vakillari ishtirokida o’yin oldi miting o’tkazildi.

O’zbekiston terma jamoasi ertaga ko’k rangli libosida maydonga tushadi. Darvozabonimiz formasi qora rangda bo’ladi.

Balarus terma jamoasi qizil formada harakat qiladi. Darvozabon libosi rangi yashil bo’ladi.

Uchrashuv Sharja shahridagi “Al Hamriya” stadionida Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

 

O’zbekiston – Belarus o’rtoqlik o’yinini BAAlik hakamlar boshqarib boradi.

 

Bosh hakam: Omar Muhammad Alali

Yon hakam: Hasan Alhamri

Yon hakam: Zayed Davud

To’rtinchi hakam: Yahyo Al Mulla